OSIYO XALQARO UNIVERSITETI Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2022-yil 10-noyabr kunidagi 047757-raqamli litsenziyasiga asosan faoliyat ko‘rsatishni boshlagan bo‘lib, O‘zbekistondagi rasmiy OTM lar qatorida turadi. Hozirda oliy ta’lim muassasasida 6250 nafar talabalar tahsil olmoqda shundan 721 nafarni tibbiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari tashkil qiladi. Universitetda magistratura mutaxassisligi mavjud bo‘lib magistrlar soni 340 nafar.
Universitetda, 14 ta bakalavriat va 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha yo‘nalishlar mavjud bo’lib abituriyentlar kunduzgi, sirtqi ta’lim bilan birgalikda kechki ta’lim yo‘nalishida ham o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Osiyo xalqaro universitetida 2 ta fakultet 6 ta kafedra mavjud bo‘lib, 26 nafar dotsent, professor hamda 130 dan ortiq o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadilar. Universitet talabalari amaliyotini unumli va samarali o‘tkazish maqsadida joylardagi iqtisodiy tashkilotlar, maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan memorandum shartnomalari imzolagan bunda talabalarimiz amaliyot darslarini joylardagi davolash markazlariga borib malakali mutaxassislardan bilim va ko‘nikmalar oladilar. Universitetimiz talabalari orasida bilim ko’rsatkichlari, fanlardan to’plagan baholari yuqori bo’lgan talabalar maxsus rektor stipendiyasi bilan taqdirlanadi. Universitetning o‘quv binolari har bir yo‘nalish uchun mos tarzda jihozlangan bo‘lib, 2 ta laboratoriya, 5 ta kompyuter xonalari va smart xonalari mavjud. Universitetimiz tomonidan tibbiyot yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz uchun qo’shimcha 7 qavatdan iborat binoning ochilishi tashkil qilinmoqda. Ushbu binoda eng zamonaviy o’quv xonalari, laboratoriyalar, amaliyot xonalari, oshxona va shu kabi sifatli ta’lim uchun kerakli barcha imkoniyatlar yaratilgan. Osiyo Xalqaro universiteti sifatli ta’lim berish bilan birgalikda sizni o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lishingizni kafolatlaydi.
Osiyo Xalqaro universitetining umumiy maydoni 0.5 gektar. Shundan bino va inshootlar maydoni 7718 metr kv.ni tashkil etadi. Loyiha qiymati 3.2 million АQSh dollarini tashkil etgan bilim dargohi 2022 yilda ish boshladi. Universitet 5200 nafar talabani oʼqitish quvvatiga ega.
Universitetning oʼquv binolari har bir yoʼnalish uchun mos tarzda jihozlangan boʼlib, 2 ta laboratoriya, 5 ta kompyuter xonalari va smart xonalar tashkil qilingan.