Kafedra umumiy faoliyati va ilmiy faoliyati haqida: Iqtisodiyot kafedrasi universitetdagi barcha ta’lim yo’nalishlari, xususan mutaxassis ta’lim yo’nalishlari hisoblangan Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) hamda Moliya va moliya texnalogiyalar ta’lim yo’nalishlariga tegishli fanlardan sifatli ta’lim berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Kafedra professor-o’qituvchilarining aksariyati ilmiy darajaga ega, malakali mutaxassislardan tarkib topgan bo’lib, bir qator ilmiy va pedagogik yutuqlarni qo’lga kiritishgan. Jumladan 3 nafar o’qituvchilar dotsentlik unvonini egallash uchun harakat qilishmoqda. 2 nafar yosh o’qituvchilar esa PhD dissertatsiyasini himoya qilishi rejalashtirilgan. Kafedrada ko’plab xalqaro va mahalliy jurnallarda maqolalar nashr etilmoqda, 4 ta monografiya va 3 ta electron darslik nashr etildi. Iqtisodiyot kafedrasi Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda va o’tkazishda o’z hissasini qo’shib kelmoqda.