Eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy taʼlim bizning maqsadimiz. Universitetda ta’lim dasturi milliy va xalqaro andozalarga mos tarzda tuzilgan bo’lib, isteʼdod va qiziqishlaringiz uchun imkoniyat yaratadi. Pedagogik jamoamiz oʼz bilim va tajribalarini siz bilan baham koʼrishga tayyor. Osiyo Xalqaro universiteti sifatli ta’lim berish bilan birgalikda sizni o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lishingizni kafolatlaydi.Ustuvor maqsadimiz-yuqori saviyali kadrlar tayyorlash!
Universitet davlat oliygohlari bilan bir xil namunadagi diplom taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 10-noyabr kuni 047757-raqamli litsenziya Osiyo Xalqaro Universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun berildi.