Rektor

Dexkanov Suxrob Sobirovich
  • Seshanba 15:00 dan 17:00 gacha, Payshanba 15:00 dan 17:00 gacha, Juma 15:00 dan 17:00 gacha
  • +998 (55) 305-00-09
  • Buxoro shahar, "Yangiobod MFY", G`ijduvon ko'chasi, 74-uy.
  • rector@oxu.uz

 

 

Ta'lim

  • Beijing Language and Culture University (bakalavr) (2012-2016)
  • Herriot Watt University (magistr) Biznes administratsiya (MBA) (2020-2021)

Rektor nutqi

Aziz talaba-yoshlar!

Bugungi shiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega, ko`p tillarda erkin muloqot qiladigan, axborot-kommunikatsion texnologiyalarini yuqori saviyada bilish qatorida ularni yarata oladigan kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib bormoqda. Sizda al-Xorazmiy, Ibn Sino, Farobiy-u Beruniylar, hazrat Navoiy Mirzo Ulug`bekdek olimlarimizning natijalarini ko`rishni istaymiz. Aytish kerakki, shu ezgu niyatimizga mos, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz benihoya ko‘p. Pedagogik jamoamiz oʼz bilim va tajribalarini siz bilan baham koʼrishga tayyor yuqori malakali oʼqituvchi va olimlardan bilim oling zero bizning maqsadimiz-yuqori saviyali kadrlar tayyorlash! Ilm olish mobaynida chekkan mashaqqatingiz mevasini ko`rishingizni, Yangi O`zbekistonning zabardast, navqiron, peshqadam va yuragida olovi bor azm-u shijoatli farzandlari bo`lishingizni, hamisha, qadr va e’zoz topib, Yurtimiz ravnaqiga o`z munosib hissangizni qo`shishingizni tilayman.

Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang!